Coca-Cola “Chanqoqlik mavsum tanlamaydi” nomli keng ko‘lamli yangi yil kampaniyasini ilk bor joriy qilganiga 100 yildan ortiq vaqt o‘tdi. Hammaga tanish bo‘lgan ertak qahramonlari, bayram yuk mashinalari karvoni, oq qutb ayiqlari oilasi va mashhur “Bayram kirib kelmoqda...” qo‘shig‘i har yili butun dunyodagi milliardlab insonlarga yuqori kayfiyat ulashadi. Coca-Cola bilan Yangi yil - bu shunchaki bayram emas, balki oddiy, ammo abadiy qadriyatlarni eslatishdir: yaqinlar bilan quvonch va ezgulikni baham ko‘rishdir.
Yangi yil arafasida Coca-Cola'ning ramziy karvonlari O‘zbekistonning 10 ta shahrida bayramona safarga chiqdi. Minglab chiroqlar bilan bezatilgan yuk mashinalari “Bayram kirib kelmoqda” qo‘shig‘i sadolari ostida Namangandan yo‘lga chiqib, Andijon, Farg‘ona, Samarqand, Qarshi, Buxoro, Xiva, Urganch va Nukusda haqiqiy bayram kayfiyati ulashib, so‘ngra poytaxtda o‘z safar yo‘nalishini yakunladi.
Karvonda haqiqiy bayramning barcha belgilari - jo‘shqin musiqa, qiziqarli raqslar, quvnoq o‘yinlar va sovrinli musobaqalar va hammaning sevimli Coca-Cola ichimligi bor edi. O‘zbekiston aholisi va mehmonlari bayram karvoni bilan esdalik suratlarga tushish, jonli konsertlardan zavqlanish, interaktiv ko‘ngilochar tadbirlarda qatnashish va iliq, bayramona muhitda vaqt o‘tkazish, unutilmas taassurotlar yaratish hamda quvonchni yaqinlari bilan baham ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
“ONA” jamg‘armasi bilan hamkorlikda Coca-Cola karvoni u tashrif buyurgan har bir shaharga bayram dasturxonlari uchun oziq-ovqat to‘plamlari va Coca-Cola blokini 300 ta oilaga yetkazib berdi. Bundan tashqari, Coca-Cola jamg‘armasi ko‘magida amalga oshirilayotgan Coozin loyihasi ishtirokchilari har bir oila birgalikda o‘zlarining yorqin yangi yil ziyofatlarini yaratishlari uchun bezak to‘plami bilan zanjabil pishiriqlarini tayyorladilar.
“Biz Coca-Cola kompaniyasiga ko‘p yillik hamkorligimiz va ularning yangi yil arafasida og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan ayollar hayotida o‘ziga xos bayram kayfiyatini yaratishdagi bebaho yordami va hissasi uchun chuqur minnatdorchiligimizni izhor etamiz. Coca-Cola karvoni tufayli respublikamiz bo‘ylab ko‘plab oilalar haqiqiy bayram ruhini his eta olishdi. Ushbu xayriya aksiyasi nafaqat korxonalar va jamoat tashkilotlari, balki har bir inson uchun yaxshilik ulashish va atrofdagilarni qo‘llab-quvvatlash borasida ilhom manbai bo‘lib xizmat qilishini istaymiz. Bunday ezgu ishni tashkil etishda ko‘rsatgan yordami uchun Coca-Cola bilan birgalikda shahar hokimiyatlari, I.V.Savitskiy nomidagi Davlat san’at muzeyi va ko‘ngillilarimizga alohida minnatdorchilik bildirmoqchimiz”, - dedi “ONA” jamoat fondi Vasiylik kengashi a’zosi Umida Husainova.
Coca-Cola: @cocacola_uzbekistan
Coozin: @coozin_uz
Fond-ONA: @ona_foundation
Reklama