Finlandiya poytaxtida 27 dekabr kuni zilzila qayd etildi. Yerosti silkinishi magnitudasi 1,1 ni tashkil etgan bo‘lib, Helsinki kuzatuvlar tarixidagi eng kuchli ko‘rsatkichga aylandi, deb xabar beradi Yle.
Qayd etilishicha, rojdestvoda shahar politsiyasiga poytaxtning Kyapyulya hududida gumburlash ovozini eshitgan guvohlardan bir necha murojaat kelib tushgan. Shuningdek, yerosti silkinishlari Vallila va Haaga hududlarida ham qayd etilgan.
Zilzila bir daqiqadan kamroq davom etgan. Uning aniq sababi hozircha noma’lum, zilzila texnogen xarakterga egaligiga oid belgilar yo‘q.
Helsinki universiteti seysmologi Toni Veykkolaynenning ma’lum qilishicha, Finlandiyada kuzatilgan zilzila Atlantika okeanining kengayishi yoki qoyalardagi suv massalarining lokal harakatlari sabab yuz bergan bo‘lishi mumkin.
Finlandiyada 1,7 va 2,6 magnitudali zilzilalar mos ravishda 2013 hamda 2011 yillarda kuzatilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, dekabr boshlarida AQShda 7 magnitudali zilzila sodir bo‘lgandi. Yerosti silkinishlarining episentri Fortuna shahridan 56 kilometr janubi-g‘arbda joylashgan, Kaliforniya shtatida sunami xavfidan ogohlantirish e’lon qilingan edi.