Rossiya floti zamonaviy atom suvosti kemasiga ega bo‘ldi

Jahon 21:01 / 27.12.2024 8757

Yangi, ko‘pmaqsadli K-564 «Arxangelsk» atom suvosti kemasi Rossiya dengiz floti tarkibiga kirdi. Bu haqda TASS xabar berdi.

K-564 atom suvosti kemasi 885M «Yasen-M» loyihasining to‘rtinchi kemasi va Arxangelsk shahri nomidagi uchinchi atom suvosti kemasi bo‘ldi.

Suvosti kemasi qurilishi 2015 yil mart oyida boshlandi. U 2023 yil 29 noyabrda suvga tushirildi. Shu yilning 11 iyun kuni kema dengizdagi sinovlarni boshladi.

«Arxangelsk» - ko‘pmaqsadli, 4-avlod (eng zamonaviy) suvosti kemasi hisoblanadi. Uning uzunligi 130 m, ekipaj soni 64 kishini tashkil qiladi. U 533 mm kalibrli 10 ta torpedo apparatiga ega. Shuningdek, kemada «Oniks», «Kalibr» va «Tsirkon» raketalarini joylashtirish mumkin bo‘lgan 8 ta vertikal shaxta bor.

Ko‘proq yangiliklar: