AQSh «Gurjiston orzusi» yetakchisi Bidzina Ivanishviliga qarshi sanksiyalar joriy etdi
Ivanishvili AQSh Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasining SDN-ro‘yxatiga kiritildi. U «Rossiya manfaatlari yo‘lida Gurjistonning demokratik kelajagiga putur yetkazishda» ayblanmoqda.

Foto: Getty Images
AQSh «Gurjiston orzusi» yetakchisi milliarder Bidzina Ivanishviliga qarshi sanksiyalar joriy etdi. Bu haqda mamlakat Moliya vazirligining saytida e’lon qilindi.
«Biz Ivanishvili boshchiligidagi «Gurjiston orzusi» harakatlarini, jumladan, Gurjiston fuqarolariga, namoyishchilar, OAV vakillari, huquq himoyachilari va muxolifat yetakchilariga qarshi davom etayotgan zo‘ravonlik repressiyasini keskin qoralaymizl, — deyiladi bayonotda.
Qayd etilishicha, Ivanishvili AQSh Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasining (OFAC) SDN-ro‘yxatiga (Special Designated Nationals List) kiritilgan.
Ushbu sanksiyalarga ko‘ra, Ivanishvilining AQSh yurisdiksiyasi ostida bo‘lgan barcha aktivlari muzatiladi. AQSh «Gurjiston orzusi» yetakchisini «Rossiya Federatsiyasi manfaatlari yo‘lida Gurjistonning demokratik va yevroatlanik kelajagiga putur yetkazishda» ayblamoqda.
2024 yil noyabrda hukmron «Gurjiston orzusi» partiyasi 2028 yilga qadar ittifoqqa qo‘shilish bo‘yicha muzokaralar jarayoni to‘xtatilganini ma’lum qildi. Shundan keyin Tbilisida norozilik namoyishlari boshlandi va ularni bostirish uchun kuch tuzilmalari vodomyot hamda ko‘zni yoshlantiruvchi gazlardan foydalandi. Bir qator davlatlar, jumladan, Buyuk Britaniya, Latviya, Litva, Estoniya va Ukraina gurjistonlik amaldorlarga qarshi sanksiyalar joriy etdi.
Mavzuga oid

22:00 / 10.03.2025
Ukraina dunyodagi eng yirik qurol importchisiga aylandi

20:32 / 10.03.2025
Tramp Zelenskiy iste’foga chiqmaguncha Ukrainaga yordam ko‘rsatishni tiklamaydi – OAV

19:40 / 10.03.2025
Bloomberg: Trampning maslahatchilari Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatish rejasini ishlab chiqmoqda

16:37 / 10.03.2025