1 yanvardan aholining yagona elektron reyestri joriy etiladi

O‘zbekiston 14:22 / 27.12.2024 2401

2025 yil 1 yanvardan jismoniy shaxslarning fuqarolik holati hamda ularning shaxsiga doir boshqa ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi aholining yagona elektron reyestri joriy etiladi

Aholining yagona elektron reyestri:

🔹O‘zbekiston fuqarolari, O‘zbekistonda doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning shaxsga doir ma’lumotlari yagona elektron bazasi hisoblanadi;
🔹tegishli davlat organlari va tashkilotlarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilinadi hamda fuqarolarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish, notarial harakatlarni rasmiylashtirish, bank, kommunal, sug‘urta va boshqa ommaviy xizmatlarni ko‘rsatishda ushbu reyestrdan foydalaniladi;
🔹Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi tomonidan yuritiladi.

Ko‘proq yangiliklar: