Rossiyaning Vladimir oblasti Gus-Xrustalniy shahrida erkak mahalliy harbiy komissarlik binosiga mashinada borib urilib, mashinani yoqib yubordi, deb xabar berdi 25 dekabr, chorshanba kuni kechqurun shahar meri Aleksey Sokolov Telegramʼda. U voqeada Ukraina vakillarini aybladi. «Ukrainalik firibgarlarning yana bir jabrdiydasi avvaliga darvozaga kelib urildi, so‘ng binoning asosiy kirish eshigiga to‘qnashdi, keyin u mashinani yoqib yubordi», — deyiladi mahalliy rahbar bayonotida.
Sokolovning aniqlik kiritishicha, yong‘in o‘chirilgan, gumonlanuvchi qo‘lga olingan va politsiyaga ko‘rsatma bermoqda. Shahar meri aholini «barcha qo‘ng‘iroq va xabarlarga e’tiborli bo‘lishga» chaqirdi, «ularning mazmuni suhbatdoshning ko‘rsatmalariga binoan har qanday noqonuniy xatti-harakatlarni amalga oshirishni talab qilishdan iborat bo‘lishi mumkinligini» bildirdi va buning uchun «20 yilgacha qamoq jazosi kutayotganini» eslatdi.
«Mediazona»: RFda urush boshlanganidan beri eng ko‘p o‘t qo‘yish holatlari kuzatilmoqda
«Mediazona»ning 24 dekabr kungi hisob-kitoblariga ko‘ra, 13 dekabrdan beri Rossiyada telefon firibgarlari ta’sirida kamida 50 ta o‘t qo‘yish hodisasi sodir bo‘lgan. Jurnalistlarga ko‘ra, bu Ukrainada urush boshlanganidan beri sodir bo‘lgan eng yirik hujumlar to‘lqinidir.
Hujumlarning aksariyati 20 va 21 dekabr kunlari sodir etilgan, deyiladi hisobotda. Rossiya Federatsiyasi hududidagi banklar, politsiya mashinalari, pochta bo‘limlari, MFs filiallari va boshqa obektlarga hujum qilindi. Ushbu to‘lqin paytida o‘t qo‘yish uchun hibsga olingan kamida olti kishi terrorizmda ayblangan. Jurnalistlarning qayd etishicha, ulardan yana 11 nafari mulkka qasddan zarar yetkazganlikda ayblanmoqda.
Hujumlarning asosiy qismi Moskva, Moskva oblasti, Sankt-Peterburg va Leningrad oblastida sodir bo‘lgan. U yerda 13 dekabrdan beri jami o‘ttizta hujum uyushtirilgan.