Rossiya raketasi Moldova havo hududini buzib kirdi

Jahon 13:24 / 26.12.2024 3032

25 dekabr, chorshanbaga o‘tar kechasi Rossiyaning Ukrainani o‘qqa tutishi vaqtida raketalardan biri Moldova hududi ustidan uchib o‘tdi. Bu haqda mamlakat prezidenti Mayya Sandu ma’lum qildi.

"Mamlakatlarimiz Rojdestvoni nishonlayotganda, Kreml buzg‘unchilikni tanladi — u Ukrainaning energetika infratuzilmasiga hujum qildi va Moldova havo hududini raketa bilan buzdi. Bu harakatlar xalqaro huquqqa zid keladi. Moldova buni qoralaydi va Ukraina bilan to‘liq birdamdir", deb yozdi Sandu.

Ukraina tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga ma’lum qilishicha, Rossiya raketasi Ruminiya hududi ustidan ham uchib o‘tgan. «Rossiyaning Ukraina energetika tizimiga yana bir yirik hujumi. Bu Rojdestvo hujumi Putinning Rojdestvo sulhi haqida gapirganlarga bergan javobi. Bitta rus raketasi Moldova va Ruminiya havo hududi orqali o‘tgan. Bu bizga Rossiya nafaqat Ukrainaga tahdid solayotganini eslatadi». Buxarest Ruminiya havo hududi buzilganini rad etdi.

Moldova prezidenti Mayya Sandu ikkinchi muddatga qasamyodga keltirildi

24 dekabr kuni Kishinyovda Moldova prezidenti Mayya Sandu ikkinchi muddatga qasamyod qildi. «Qo‘limni yuragimga qo‘ygan holda ayta olaman: men birinchi mandatim davomida fidoyilik bilan ishladim va to‘rt yil bundanda kattaroq iroda va kuch bilan davom etaman, kamtarlik bilan aytishim mumkinki, biz mustaqillikning 30 yili davomida hech qachon bo‘lmagan ishni qildik», — deya ta’kidladi Sandu.

Davlat rahbari o‘z nutqida mamlakat jamiyati so‘nggi yillardagi inqirozlar va qo‘shni Ukrainadagi urushga qaramay, tinchlikni saqlab, demokratiyani himoya qilishga muvaffaq bo‘lganini ta’kidladi. «Men sizni ishonch bilan olg‘a siljishga chaqiraman, bizning Moldova nimani anglatishini unutmang — meros, nekbinlik, kurash, rivojlanish, tashkilotchilik, iroda, ambitsiya», dedi Sandu.

Ko‘proq yangiliklar: