«Paxtakor» Igor Sergeyev jamoaga qaytganini e’lon qildi

Sport 17:47 / 25.12.2024 4165

«Paxtakor» klubi jamoaning sobiq hujumchisi tarkibga qaytganini ma’lum qildi.

So‘nggi ikki mavsumni Tailandning «Patxum Yunayted» klubida o‘tkazgan 31 yoshli forvard jarohati sababli 2024 yilda klubi safida deyarli maydonga tushmadi va tiklanish jarayoni bilan mashg‘ul bo‘ldi. 

U O‘zbekiston milliy jamoasi safida yanvar oyida Qatardagi Osiyo kubogida Avstraliya bilan bahsda jarohat olgandi va noyabr oyida maydonga qaytgandi.

Ma’lumot uchun, Igor Sergeyev Toshkent klubi safida jami 180 o‘yin o‘tkazib, 102ta golga mualliflik qilgan. 

Eslatib o‘tamiz, «Paxtakor» klubi raisi Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkent jamoasining 2025 yilgi yillik budjeti 100 milliard so‘mdan oshishini ma’lum qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: