Xorazmda yangi quyosh elektr stansiyasi ishga tushiriladi

O‘zbekiston 11:11 / 24.12.2024 3290

Jahon banki O‘zbekiston uchun bank kafolati ko‘rinishida 3,5 million dollar miqdoridagi moliyalashtirishni ma’qulladi.

Ushbu kafolat «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» davlat kompaniyasining 100 MVt quvvatga ega yangi quyosh elektr stansiyasida ishlab chiqariladigan elektr energiyasini xarid qilish bo‘yicha to‘lov majburiyatlarining o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlaydi. Xorazm viloyatidagi mazkur obektni qurish va ekspluatatsiya qilish Fransiyaning Voltalia kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Quyosh elektr stansiyasini ishga tushirish 2025 yilning noyabriga mo‘ljallangan. U 177 gektar maydonda joylashgan bo‘lib, yiliga 240 gigavatt-soatdan ortiq qayta tiklanuvchi energiya ishlab chiqaradi.

Uning faoliyati yiliga 230 ming tonnadan ortiq karbonat angidrid chiqindilarini qisqartirish va 60 mingga yaqin xonadonni toza energiya bilan ta’minlash imkonini berishi kutilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: