Muzokaralar chog‘ida hamkorlikda amalga oshirilayotgan Ma’lumotlar markazini qurish jarayonlari va malakali mutaxassislarni tayyorlash yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda kompaniya bilan hamkorlikda "yashil" Ma’lumotlar markazi loyihasining birinchi bosqichi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.
Loyihani amalga oshirish uchun yetarli elektr energiya ta’minoti masalasini alohida e’tiborga olish zarurligi qayd etildi. DataVolt kompaniyasi bosh ijrochi direktori mazkur loyihada qayta ishlanuvchi energiya manbalaridan foydalanilishini ma’lum qildi.
Shu bilan birga, ma’lumotlar markazlarini barpo etish orqali xalqaro yirik IT kompaniyalarni O‘zbekistonga jalb qilish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilayotgani ma’lum qilindi.
Bundan tashqari, ta’lim sohasida raqamli yechimlarni jadal rivojlantirish, IT autsorsing va boshqa yo‘nalishlarda iste’dodlarni tayyorlash bo‘yicha Saudiya Arabistoni va Yaqin Sharqda O‘zbekistonning IT autsorsing salohiyatini targ‘ib qilish bo‘yicha qo‘shma tashabbuslar amalga oshirish bo‘yicha masalalarga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, qo‘shma loyihalarni ilgari surish orqali dunyoning yirik texnologik kompaniyalarini O‘zbekistonga jalb qilish rejalari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv yakunida telekommunikatsiya sohasida loyihalarni amalga oshirish istiqbollariga e’tibor qaratildi.