O‘zbekiston maktablarida Kembrij o‘quv dasturini joriy etish yuzasidan muzokara o‘tkazildi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va respublika idoralarning soha mutaxassislardan iborat bo‘lgan Ishchi guruh vakillarining Buyuk Britaniyaning Kembrij shahriga tashrifi doirasida xalqaro standartlarga muvofiq o‘quv dasturlarni ishlab chiqish bo‘yicha o‘quv treninglarda ishtirok etdi.

Foto: Dunyo
O‘zbekiston elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, delegatsiyaning mazkur tashrifi umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlarini ishlab chiqish hamda takomillashtirish dasturi doirasida Cambridge International Education (CIE) tashkiloti bilan hamkorlikda amalga oshirildi.
Unga ko‘ra, CIE tomonidan xalqaro standartlarga muvofiq o‘quv dasturlarni ishlab chiqish va takomillashtirish bo‘yicha navbatdagi bir haftalik o‘quv treninglarida tashkil etildi.
Shuningdek, respublika maktablarida Kembrij o‘quv dasturini joriy etish va xalqaro standartlarni qabul qilish orqali hududlarda o‘qitish va ta’lim sifatini yanada oshirish masalalari yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi.
Muzokaralarda tashkilot bilan hamkorlikda kelgusida mahalliy mutaxassislarga davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda konsalting xizmatlari ko‘rsatib borilishiga erishildi.
Bundan tashqari, delegatsiyaning Kembrij universitetiga tashrif buyurib, u yerda ta’lim sohasidagi hamkorlik tashabbuslari va tadqiqot imkoniyatlari bilan tanishdi.
Mavzuga oid

14:10 / 20.02.2025
O‘quvchilarni tartibga chaqirgan “zo‘ravon rais” - Qoziroboddagi maktabda o‘zi nima bo‘ldi?

18:06 / 19.02.2025
Noma’lum shaxs Toshkentdagi 71-maktabda «qirg‘in» uyushtirish bilan tahdid qildi

15:15 / 14.02.2025
Har bir tuman va shaharda kamida bittadan inklyuziv maktab tashkil etiladi

14:01 / 13.02.2025