O‘zbek ofitserlari dunyodagi eng nufuzli harbiy ta’lim muassasalaridan birini bitirdi

O‘zbekiston 13:31 / 24.12.2024 2481

Tadbirda Buyuk Britaniya qirollik oilasi, oliy harbiy-siyosiy doira vakillari, diplomatlar, shuningdek, boshqa mamlakatlardan mehmonlar ishtirok etdi. Marosimda dunyoning 30 dan ortiq davlatidan kelgan 700 dan ortiq kishi, shu jumladan, kursantlar qatnashdi.

Bayram Britaniya harbiy san’atining asriy an’analariga muvofiq o‘tkazilgan Akademiya kadetlarining ulug‘vor paradi bilan boshlandi.

Paraddan so‘ng marosim ishtirokchilari akademiyaning tarixiy zalida afsonaviy Sandxerst muhitida bo‘lib o‘tgan tantanali qabulga taklif qilindi.

Qirollik akademiyasi rahbariyati ta’lim jarayonida yuqori intizom, a’lo darajadagi akademik tayyorgarlik va yetakchilik fazilatlarini namoyish etgan o‘zbekistonlik ofitserlarning ajoyib natijalarini alohida e’tirof etdi. Bu yutuqlar o‘zbek harbiy xizmatchilarining professionalligi va xalqaro tayyorgarlik standartlariga sodiqligining yorqin namunasidir.

Sandxerst Qirollik harbiy akademiyasi dunyodagi eng qadimgi harbiy ta’lim muassasasidir. Akademiyaning rasmiy ta’sis etilishi 1947 yilga to‘g‘ri kelsa-da, uning kelib chiqishi XVIII asrga borib taqaladi. Asrlar davomida Sandxerst nafaqat Buyuk Britaniyaning, balki boshqa mamlakatlarning ham mashhur yetakchilarini tayyorlab, zobitlar elitasini shakllantirdi. Uning bitiruvchilari orasida Uinston Cherchill, Qatar amiri Hamad bin Xalifa Ol Soniy, Bahrayn podshohi Hamad ibn Iso Al Xalifa, Bruney sultoni Hassanal Bolkiyax, Dubay valiahd shahzodasi Hamdan ibn Muhammad Al Maktum, shuningdek, ingliz qirolining nevaralari shahzodalar Uilyam va Garri kabi mashhur shaxslar bor.

Ko‘proq yangiliklar: