“O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga ko‘ra, 2025 yil 1 yanvardan statistika kuzatuvlarini amalga oshirish jarayoniga konsalting kompaniyalari, oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlari jalb etiladi.
2024 yil yakuniga qadar “Statistika” integrallashgan axborot tizimi va “Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi o‘rtasida elektron ma’lumotlar almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi.
BMT tomonidan tavsiya etilgan sifatni boshqarish bo‘yicha qo‘llanmalarni to‘liq joriy etish doirasida zarur tashkiliy choralar ko‘riladi.