Sibir poytaxtida og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan yosh yurtdoshlar oilasi Bosh konsulxona ko‘magida O‘zbekistonga qaytarildi.
Bosh konsulxona xodimlari tomonidan O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi vakolatxonasining faol ko‘magi bilan Novosibirskda hujjatlar bilan bog‘liq muammolari tufayli qayta olmayotgan yosh oilaga yordam ko‘rsatildi. Rossiya tomonidan zarur hujjatlarni olish uchun barcha imkoniyatlar ishga solindi.
Hamyurtlar 15 dekabr kuni Novosibirsk aeroportidan O‘zbekistonga kuzatib qo‘yildi.