2024 yil 10 oyda O‘zbekistondan turistik maqsadda xorijga chiqqanlar soni ma’lum qilindi

O‘zbekiston 16:37 376

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-noyabr oylarida qariyb 5,7 mln nafar o‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda chet elga borgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,35 mln nafarga yoki 31,3 foizga oshgan.

Joriy yil yanvar-noyabr oylarida turistik maqsadlarda chet elga ketgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

Qirg‘iz Respublikasi – 2,7 mln nafar;

Tojikiston – 1,1 mln nafar;

Qozog‘iston – 888,6 ming nafar;

Rossiya – 275,1 ming nafar;

Turkiya – 214,2 ming nafar;

Saudiya Arabistoni – 166,4 ming nafar;

BAA – 114,7 ming nafar;

Misr – 41,3 ming nafar;

Kuvayt – 34,3 ming nafar;

Koreya Respublikasi – 22 ming nafar;

Boshqa davlatlar – 160,8 ming nafar.

Ko‘proq yangiliklar: