Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jakartada "Imom Buxoriy: O‘zbekiston islom san’ati" ko‘rgazmasi ochildi
Indoneziya poytaxtidagi "Istiqlol" masjidida "Imom Buxoriy: O‘zbekiston islom san’ati" nomli ko‘rgazma ochildi.

Foto: Dunyo
Ko‘rgazma O‘zbekistonning boy madaniy merosini aks ettiruvchi, Imom Buxoriy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan noyob hamda zamonaviy texnologiyalar ko‘magida yaratilgan san’at asarlari to‘plamidan iborat. Eksponatlar orasida O‘zbekiston hunarmandlari tomonidan yaratilgan xattotlik asarlari, kulolchilik buyumlari, kashtado‘zlik va zargarlik san’ati namunalari, milliy liboslar va miniatyuralar o‘rin olgan.
Ko‘rgazmaning tantanali ochilish marosimida Indoneziya madaniyat vaziri Fadli Zon, din ishlari vaziri – "Istiqlol" masjidi bosh imomi Nasaruddin Umar, Tashqi ishlar vazirligi madaniy-gumanitar aloqalar departamenti boshlig‘i Yuliana Bahor, shuningdek, mamlakat Ulamolar kengashi rahbariyati, siyosiy doira vakillari, jamoat tashkilotlari namoyondalari va va boshqalar ishtirok etdi.
Indoneziya din ishlari vaziri – "Istiqlol" masjidi bosh imomi Nasaruddin Umar o‘z nutqida, O‘zbekiston haqli ravishda islom sivilizatsiyasi markazi sifatida e’tirof etilishini ta’kidladi. "Arabiston yarim orolida dunyoga kelgan muqaddas dinimiz aynan O‘zbekiston hududida yashab ijod qilgan ulamo va donishmandlarning sa’y-harakatlari bilan rivoj topib, yuksak cho‘qqilarga ko‘tarildi. O‘zbekiston o‘zining boy tarixi va betakror madaniyati bilan xalqlarni birlashtirish, dunyo mamlakatlari o‘rtasida do‘stlik ko‘prigini yaratish salohiyatiga ega bo‘lgan mamlakatdir. Shubhasiz, "Imom Buxoriy" kreativ guruhi tomonidan tashkil etilgan bugungi ko‘rgazma Indoneziyada yilning eng muhim va yorqin madaniy voqeasi bo‘lib qoladi hamda ikki tomonlama munosabatlarimiz tarixidan munosib o‘rin egallaydi. Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston hukumatiga ushbu loyihani qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildiraman", dedi u.
Indoneziya madaniyat vaziri Fadli Zon o‘z chiqishida, Imom Buxoriy islom olamining buyuk shaxslaridan biri ekanini qayd etdi. "Donishmand O‘zbekiston hududida tavallud topgan. Ul zotning qadimiy Samarqand yonida joylashgan maqbarasi bugungi kunda dunyo musulmonlarining muqaddas ziyoratgohi hisoblanadi. Ushbu ziyorat amalini bajarish har bir indoneziyalikning orzusi. Ishonchim komilki, bugun ochilayotgan O‘zbekiston islom san’ati ko‘rgazmasi xalqimizda katta qiziqish uyg‘otib, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi xalq diplomatiyasini yanada kengaytirish uchun turtki bo‘ladi va madaniy-gumanitar aloqalarimizni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi", dedi madaniyat vaziri.
"Imom Buxoriy: O‘zbekiston islom san’ati" ko‘rgazmasi 2025 yil fevral oyiga qadar davom etadi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Isroil - HAMAS muzokaralaridan chiqdi
Jahon | 00:46
-
Sun’iy intellekt olimlarga Qadimgi Rim tarixidagi bo‘shliqlarni to‘ldirishga yordam beradi
Fan-texnika | 23:45 / 24.07.2025
-
Zalujniy Rossiyaga qarshi urush 2034 yilgacha davom etishini bashorat qildi
Jahon | 22:53 / 24.07.2025
-
Toshkentda voleybol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati boshlandi
Sport | 22:49 / 24.07.2025
Mavzuga oid

21:02 / 28.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrifini Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qilish bilan boshladi

17:22 / 14.05.2025
Afg‘oniston O‘zbekistonga Hirot oq marmarini sovg‘a qildi

16:10 / 22.03.2025
Shavkat Mirziyoyev Samarqandda Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi

18:45 / 26.09.2024