O‘zbekiston Bosh konsulxonasi Rossiyadagi yirik ish beruvchilar bilan muzokara o‘tkazdi

O‘zbekiston 12:38 / 18.12.2024 1472

Sverdlovsk viloyatidagi qurilish sohasida faoliyat yurituvchi yirik ish beruvchi "YeNKO" MChJ rahbari Andrey Kostarev bilan muloqot davomida ushbu tashkilotda 120 nafarga yaqin ishchi kuchiga ehtiyoj borligi ma’lum qilindi.

Tyumen viloyati Tobolsk shahridagi "StroyMontaj" MChJ kadrlar bo‘limi boshlig‘i Irina Simanova bilan bo‘lib o‘tgan onlayn muzokaralarda migratsiya yo‘nalishida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Rossiya vakilasi korxonada 250 nafar bo‘sh ish o‘rni borligini va ushbu joylarga O‘zbekistondan qonuniy tarzda ishchi kuchini jalb qilishga tayyorligini bildirdi. 

Sverdlovsk viloyatidagi "Lider" MChJ korxonasi rahbari Aleksey Stulin bilan kechgan muloqot chog‘ida korxonada 160 nafar bo‘sh ish o‘rinlariga buyurtma asosida ishchi kuchini jalb qilish imkoniyati borligi ta’kidlandi.

Bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida Rossiya tomoniga O‘zbekistondan qonuniy tarzda ishchi kuchini jalb qilish borasida ishlab chiqilgan dasturlar va har bir viloyatda faoliyat olib borayotgan monomarkazlar faoliyati haqida so‘zlab berildi.

Ko‘proq yangiliklar: