Malayziya bilan "aqlli" shahar texnologiyasi bo‘yicha qo‘shma loyihalar amalga oshiriladi

O‘zbekiston 10:56 / 18.12.2024 712

Muloqot davomida "aqlli" shaharlarni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, o‘zaro tajriba almashish, Malayziyaning Putrajayya ma’muriy shahri va Sunway City shaharchasi misolida muvaffaqiyatli tajribalarni o‘rganish, o‘zaro tashriflar va qo‘shma ilmiy-amaliy tadbirlarini uyushtirish muhokama qilindi.

Muzokaralar natijasida, O‘zbekiston vakillari uchun "aqlli shahar"lar, raqamli transformatsiya, sirkulyar iqtisodiyot, ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv mavzularda qisqa muddatli o‘quv va malaka oshirish dasturlarini ishlab chiqish, Malayziya "Aqlli" shaharlar alyansi vakillari tashrifini tashkil qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Malayziya "Aqlli" shaharlar alyansi 2018 yilda tashkil etilgan. Tashkilot davlat tuzilmalari, xususiy kompaniyalar, investorlar, o‘rta va kichik biznes, ilmiy-ta’lim muassasalarini birlashtiradi. "Aqlli" va barqaror shaharlarni rivojlantirish yo‘nalishida davlat-xususiy sherikligini yo‘lga qo‘yish, ilg‘or tajriba almashish, "aqlli shahar" innovatsion, texnologik va barqaror yechimlar almashinuvini rag‘batlantirish, anjuman va ko‘rgazmalar tashkil qilish bilan shug‘ullanadi.

Ko‘proq yangiliklar: