17 dekabr ertalab Ulyanovsk oblastidan o‘tadigan federal trassaning 209-kilometrida O‘zbekiston fuqarolari ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan Cobalt avtomobili MAZ avtomobili bilan to‘qnashgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Cobalt haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan va qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan. Yuk mashinasi bilan to‘qnashuv oqibatida Cobalt deyarli majaqlanib ketgan. Uning ichidagi 5 kishi vafot etgan. Yuk mashina haydovchisi jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Qozon shahridagi O‘zbekiston Bosh konsulxonasi YTH oqibatida O‘zbekiston fuqarolari vafot etganini tasdiqladi. Bosh konsulxona hozirda halok bo‘lganlarning jasadlarini O‘zbekistonga qaytarish choralari ko‘rilayotganini ma’lum qildi.
Vafot etganlar 20 yoshdan 49 yoshgacha bo‘lgan: 1977 yilda tug‘ilgan A. A., 1988 yilda tug‘ilgan J. I., 1975 yilda tug‘ilgan K. S., 2004 yilda tug‘ilgan K. A. va 1977 yilda tug‘ilgan B. O.
Konsullik mazkur masala bo‘yicha Bosh konsulxonasi vakillari bilan quyidagi telefon raqamlar orqali bog‘lanish mumkinligini ma’lum qildi:
+7-843 526-55-63; +7-843 526-55-64; +7-843 526-55-65;