Hafta oxirida O‘zbekistonga yana sovuq havo kirib kelishi kutilmoqda

O‘zbekiston 12:16 / 17.12.2024 40138

Joriy yilning 20–22 dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, 20–21 dekabr kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi, tog‘oldi va tog‘li hududlarda kuchli bo‘lishi mumkin.

Shamol tezligi ba’zi joylarda 13–18 metr/soniyagacha kuchayadi.

21–22 dekabr kunlari havo harorati kechalari –7...–10 darajagacha, kunduz kunlari 0...–3 darajagacha pasayadi.

Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi.

Ko‘proq yangiliklar: