O‘zbekiston davlat xizmatchilari Malayziyada malaka oshirishni boshlaydi

O‘zbekiston 16:09 / 17.12.2024 761

O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziya bosh vaziri huzuridagi Davlat xizmati departamenti (DXD) bosh direktori o‘rinbosari Anisi bin Ibrohim bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Malayziya tomoniga "O‘zbekiston – 2030" strategiyasi maqsadlari, respublikada davlat xizmati faoliyati transformatsiyasi, kadrlar siyosatini takomillashtirish, korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyatini shakllantirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

Muloqot davomida davlat fuqarolik xizmati sohasini isloh qilish va rivojlantirish borasida ikki mamlakat vakolatli organlari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish, muvaffaqiyatli tajribalarni o‘rganish, o‘zaro tashriflar va qo‘shma ilmiy-amaliy tadbirlar uyushtirish masalalarida hamkorlik rejalari muhokama etildi.

Uchrashuv natijasida respublika vakillari uchun davlat xizmatini takomillashtirish va inson resurslarini boshqarish mavzularida Kuala-Lumpurda qisqa muddatli malaka oshirish dasturlarini tashkil qilish va O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va Malayziya Davlat xizmati departamenti o‘rtasida tegishli muzokaralar o‘tkazish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Ko‘proq yangiliklar: