Norvegiya Ukraina HDKga 230 mln yevrolik yordam o‘tkazadi

Jahon 14:39 / 17.12.2024 1040

Norvegiya Ukraina harbiy-dengiz kuchlariga 230 million yevro miqdorida harbiy yordam berishini e’lon qildi. «Ukraina aholisini va Ukraina infratuzilmasini Rossiya Qora dengiz floti hujumlaridan himoya qilish, shuningdek, Ukrainaga asosiy daromad keltiradigan don va boshqa mahsulotlarning dengiz eksportini himoya qilish muhim», dedi Norvegiya bosh vaziri Yonas Gar Styore 16 dekabr, dushanba kuni.

Mablag‘larning katta qismi Ukrainaga o‘tgan yili Norvegiya va Britaniya Ukraina flotini G‘arb ittifoqchilari bilan moslashtirish uchun tuzgan dengiz mudofaa ittifoqi doirasida ajratiladi. Yordam harbiy texnika yetkazib berish, shuningdek, Ukraina harbiy xizmatchilarining qirg‘oq bo‘ylab minalarni aniqlash va tozalash samaradorligini oshirish uchun o‘qitishni o‘z ichiga oladi.

AQSh Ukrainaga minglab raketa va snaryadlar beradi

O‘tgan hafta Qo‘shma Shtatlar Jo Bayden prezidentlikdan ketishidan oldin Ukrainaga minglab raketalar va yuz minglab snaryadlarni topshirishni rejalashtirayotgani ma’lum bo‘lgandi. «Pentagon kelasi besh hafta ichida Ukrainaga katta miqdordagi qurol-yarog‘larni olib o‘tish uchun tarixiy sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda. Hozirdan yanvar oyining o‘rtalariga qadar biz yuz minglab snaryadlar, minglab raketalar, yuzlab zirhli mashinalar va boshqa muhim aktivlarni yetkazib beramiz», — dedi Oq uy vakili CNN telekanaliga intervyusida.

Ko‘proq yangiliklar: