Voqea guvohlari Kun.uz'ga taqdim etgan videodan ko‘rinishicha, portlashdan keyin atrofga tarqalgan gaz alanga olib, bir necha soniyaga butun chorrahani olov qoplab olgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi holat AYoQShda sodir bo‘lganini tasdiqladi.
“Farg‘ona shahrida sodir bo‘lgan yong‘inni qurshab olib, uni o‘chirish ishlari amalga oshirilmoqda. Vahimaga hojat yo‘q, hammasi nazorat ostida”, – deyiladi viloyat FVB bayonotida.