AQSh Viskonsin shtati, Medison shahridagi Abundant Life nasroniylar maktabida otishma yuz berdi, qurbonlar bor, deb xabar berdi CNN.
Otishma 16 dekabr kuni ertalab sodir bo‘lgan. Medison politsiyasining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, otishma oqibatida 3 kishi halok bo‘lgan, to‘qqiz kishi yaralangan. Hujumda gumon qilingan o‘smir qiz ham o‘lik holda topilgan – u ushbu maktab o‘quvchisi edi. Taxminlarga ko‘ra, u o‘z joniga qasd qilgan. Otishma sabablari ma’lum emas.
AP xabariga ko‘ra, 15 yoshli maktab o‘quvchisi 9 mm kalibrli to‘pponchadan o‘q uzgan, oqibatda uch kishi, jumladan, o‘qituvchi, o‘quvchi va o‘q otgan qiz ham halok bo‘lgan. Yana olti kishi yaralangan.
Otishma yuz bergan maktabda 390 nafar bola ta’lim olayotgan edi.
Hodisa haqida AQSh prezidenti Jo Bayden xabardor qilingan.