18 dekabrda harorat 11 darajagacha ko‘tariladi

O‘zbekiston 11:11 / 17.12.2024 3543

Toshkent shahri. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -2...-4, kunduzi +5...+7 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi -5...-10, kunduzi +4...+9 daraja bo‘ladi.

Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi -3...+2, kunduzi +4...+9 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi -3...+2, cho‘l hududlarda -3...-8, kunduzi +2...+7 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0...-5, ba’zi joylarda -7...-10, kunduzi +2...+7 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -3...+2, kunduzi +6...+11 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -5...-10, kunduzi 0...+5 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -2...-7, kunduzi 0...+5 daraja bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: