Shavkat Ayupov Fanlar akademiyasi prezidenti etib saylandi

O‘zbekiston 17:31 / 16.12.2024 6217

Bugun, 16 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida Fanlar akademiyasining prezidentini saylashga bag‘ishlangan umumiy majlis bo‘lib o‘tdi.

Unda akademik Shavkat Ayupov Fanlar akademiyasining prezidenti etib saylandi.

Shavkat Ayupov 1952 yilda tug‘ilgan, fizika-matematika fanlari doktori. Oliy Majlis Senati a’zosi.

U 1996 yilda «Shuhrat» medali, 2003 yilda «Mehnat shuhrati» ordeni, 2011 yilda «O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi» faxriy unvoni, 2017 yilda I darajali Davlat mukofoti, 2021 yilda esa «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni va «Oltin yulduz» medali bilan taqdirlangan.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yil 28 avgust kuni Fanlar akademiyasi prezidenti Behzod Yo‘ldoshev 79 yoshida vafot etgandi.

 

Ko‘proq yangiliklar: