O‘zbekiston elchixonasida Britaniya sobiq bosh vaziri bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston 15:24 / 16.12.2024 2071

Muloqot avvalida lord Devid Kemeron joriy yilning 23 aprel kuni Toshkentga buyurgan tashrifini mamnunlik bilan esga oldi va O‘zbekiston hukumati tomonidan ko‘rsatilgan yuksak e’tibor uchun minnatdorlik bildirdi.

Lord Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va oxirgi yillar davomida respublikaning savdo- iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy sohalarida erishilgan yutuqlari bilan batafsil tanishtirildi.

Britaniya tomoni O‘zbekistonda yuz berayotgan yangilanish va o‘zgarishlarni ijobiy baholab, Londonni Toshkent bilan barcha jabhalarda aloqalarini kengaytirishdan manfaatdor ekanligini ta’kidladi.

Shuningdek, parlamentlararo hamkorlikni yanada kengaytirish, xususan Britaniya parlamentining yangi a’zolari bilan aloqalarni jadallashtirish masalalari bo‘yicha fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish uchun mavjud salohiyatni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha amaliy aloqalarni davom ettirishga kelishilib olindi.

Ko‘proq yangiliklar: