Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kun.uz tanqididan so‘ng: Yangiyo‘l sudyasining shubhali hukmiga prokuratura protest kiritdi
Yangiyo‘l tumanida 5 bolani bosib ketib, ikki nafarining o‘limiga sababchi bo‘lgan hamda sud hukmi bilan axloq tuzatish jazosini olgan haydovchiga Jinoyat kodeksining 266-modda 3-qismi “a” bandi doirasida jazo qo‘llash so‘ralmoqda. Bu moddada muayyan huquqdan mahrum qilgan holda 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi nazarda tutilgan.
Toshkent viloyat prokuraturasi tomonidan JIB Yangiyo‘l tuman sudining 2024 yil 11 noyabrdagi Rustamjon Mirzaxatamovga nisbatan hukmiga kassatsiya tartibida protest kiritildi. Prokuratura hukmning qonuniyligini o‘rganib chiqqan. Bu haqda Kun.uz'ga Bosh prokuror matbuot kotibi Hayot Shamsuddinov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, prokuratura protestida JIB Yangiyo‘l tuman sudining Rustamjon Mirzaxatamovga nisbatan hukmini bekor qilib, Jinoyat kodeksining 266-modda 3-qismi “a” bandi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odamlar o‘limiga sabab bo‘lishi) doirasida jazo qo‘llash so‘ralmoqda. Bu moddada muayyan huquqdan mahrum qilgan holda 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi nazarda tutilgan.
Kun.uz avvalroq jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiyo‘l tuman sudida YTH sodir qilib 2 bolaning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi sud zalida qamoqdan ozod etilganini tanqid qilgandi. Oradan bir hafta o‘tib esa YTHda bir kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchiga ayni shu sudya hukmi bilan 2 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Har ikki ishga bir sudya – Ulug‘bek Ibragimov raislik qilgan.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00 / 29.07.2025
-
#SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15 avgustgacha uzaytirildi
Jamiyat | 11:00
-
Dpa: Arab davlatlari HAMASni G‘azoda hokimiyatdan ketishga chaqirdi
Jahon | 10:59
-
Toshkentda bitta xonadon qarzdorligi sabab butun qavat suvdan uzib qo‘yildi
Jamiyat | 10:44
Mavzuga oid

20:58 / 09.07.2025
Sirdaryoda prokuror o‘rinbosari ushlandi

19:53 / 03.07.2025
Yangiariqda ushlangan sudya ishi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berildi

14:12 / 25.06.2025
Xorazmda fuqaro oqlanganidan so‘ng ham 207 kun qamoqda o‘tirdi. Xatolikka yo‘l qo‘ygan sudyalarga “hayfsan” berildi

09:14 / 18.06.2025