Air Arabia O‘zbekistonga yangi yo‘nalishni ochadi

O‘zbekiston 20:54 / 16.12.2024 2268

Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi birinchi va eng yirik arzon narxlardagi Air Arabia aviakompaniyasi Birlashgan Arab Amirliklarining Ras-al-Hayma shahri va Toshkent o‘rtasida yangi yo‘nalish ochganini e’lon qildi.

Parvozlar Ras-al-Hayma xalqaro aeroportini Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti bilan bog‘laydi va 27 dekabrdan boshlab, har hafta juma kunlari amalga oshiriladi.

Bu haqda Air Arabia guruhi bosh direktori Odil Al-Aliy shunday dedi: «Biz O‘zbekiston poytaxti Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yilgani, bu esa Ras-al-Haymadan o‘sib borayotgan tarmog‘imizni yanada kengaytirilganini e’lon qilishdan mamnunmiz. Ushbu yangi marshrut bizning sayyohlik taklifimizni rivojlantirish va yo‘lovchilarimizga ishonchli va arzon havo sayohatlarini taklif qilishni davom ettirishga sodiqligimizni aks ettiradi».

Toshkentga yangi yo‘nalish qo‘shilishi bilan Air Arabia endi Ras-al-Haymadan sakkizta shaharga, jumladan Qohira (Misr), Islomobod (Pokiston), Lohur (Pokiston), Peshovar (Pokiston), Jidda (Saudiya Arabistoni), Kalikut (Hindiston) va Moskvaga (Rossiya) parvoz qiladi. Bundan tashqari, hozir aviatashuvchi Sharja va Abu-Dabidan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni amalga oshirmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: