30 mingta holatda kunduzi behuda yoniq turgan chiroqlar o‘chirildi - Energoinspeksiya

O‘zbekiston 19:58 / 14.12.2024 4815

O‘zenergoinspeksiya va Bosh prokuratura hamkorligida energiya resurslarini behuda sarflashning oldini olish va unga barham berish bo‘yicha nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Inspeksiya matbuot xizmatiga ko‘ra, nazorat tadbirlari davomida kunning yorug‘ vaqtida elektr energiyasini behuda sarflash bilan bog‘liq 30 mingga yaqin holatlar aniqlangan. Natijada oyiga 4 mln kWh elektr energiyasi iqtisod qilingan.

Foto: Energoinspeksiya matbuot xizmati

Energiya resurslarini behuda sarflashda ayblangan 2 996 nafar mansabdor shaxsga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, sudlarga yuborilgan.

Ko‘proq yangiliklar: