10 kun ichida O‘zbekistonning energetika xavfsizligi konsepsiyasi ishlab chiqiladi
Bugun, 14 dekabr kuni bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev, prezidentning energetika masalalari bo‘yicha maslahatchisi Alisher Sultonov va huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha maslahatchisi Doniyor Qodirov rahbarligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati
Yig‘ilishda O‘zbekistonning Energetika xavfsizligi konsepsiyasini ishlab chiqish muhokama qilindi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.
“Bosh prokuratura, Energetika vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar, ilmiy muassasalar, yirik strategik korxonalar vakillaridan iborat ishchi guruhi tuzib, ilg‘or xorijiy tajribani o‘rgangan holda joriy yil 25 dekabrga qadar mamlakatning Energetika xavfsizligi konsepsiyasini ishlab chiqish bo‘yicha topshirig‘i berildi”, – deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, yig‘ilish ishtirokchilarning taklif va mulohazalari eshitilib, konsepsiya loyihasini ishlab chiqishga kirishilgan.
Mavzuga oid

07:51 / 15.01.2025
O‘zbekiston prezidenti BAA bilan yirik energetika loyihalarini amalga oshirishni muhokama qildi

17:39 / 14.01.2025
Tojikiston MO davlatlari orasida energetik o‘tish indeksi bo‘yicha yetakchiga aylandi

12:42 / 12.01.2025
Uchta viloyatda energiya resurslariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etildi

10:05 / 05.01.2025