Yengil sanoat tarmog‘iga 2 mlrd dollardan ortiq xorijiy investitsiya jalb qilinadi

O‘zbekiston 07:41 / 13.12.2024 1171

Yanvar-noyabr oylarida to‘qimachilik eksporti 2,6 milliard dollarni tashkil qildi. Sohadagi imkoniyatlar hisobiga buni oshirish mumkinligi ta’kidlandi.

Charm sanoati korxonalarini xomashyo bilan uzluksiz ta’minlash choralari va kelgusidagi rejalar bo‘yicha mas’ullarning hisoboti eshitildi.

Charm sanoatida bichuvchi, tikuvchi, kosib kabi o‘rta bo‘g‘in kadrlari yetishmayotgani, bu yo‘nalishda yiliga bor-yo‘g‘i 167 nafar mutaxassis tayyorlanayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Shu bois, poyabzal ishlab chiqarish rivojlangan Andijon, Namangan, Farg‘ona, Samarqand va Toshkent viloyatlaridagi yetakchi korxonalarni texnikumlarga bog‘lab, “dual ta’lim”ni yo‘lga qo‘yish zarurligi aytildi.

Yig‘ilishda kelgusi yilga mo‘ljallangan rejalar haqida ham axborot berildi.

Yengil sanoat tarmog‘iga 2 milliard dollardan ortiq xorijiy investitsiya jalb qilib, 82 ta yirik loyihani amalga oshirish hamda 25 mingta ish o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan. To‘qimachilik mahsulotlari eksportini 4 milliard dollarga, charm mahsulotlari eksportini 250 million dollarga olib chiqish maqsad qilingan.

Ko‘proq yangiliklar: