Pokistonning yirik shaharlarida O‘zbekiston madaniyati kunlari o‘tkaziladi

O‘zbekiston 13:29 / 13.12.2024 881

Pokiston rasmiy vakili ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish, tovar aylanmasi hajmini mahsulotlar nomenklaturasini ko‘paytirish orqali oshirish, 1 milliard dollarlik ko‘rsatkichga qisqa muddatlarda erishish uchun Imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim ta’sir doirasini kengaytirish, manfaatli sohalarda qo‘shma sanoat loyihalarini ishga tushirish, hududlararo hamkorlikni aniq yo‘nalishlar va maqsadli tashriflar hisobiga mustahkamlash borasidagi takliflarni ilgari surdi.

Transafg‘on temiryo‘li loyihasini qurish iqtisodiy hamkorlikning negizi sifatida baholandi. Tomonlar loyihada xorijiy hamkorlarning ishtiroki bo‘yicha fikr almashdilar.

Vazir Jam Kamal Xan madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikka barqaror iqtisodiy sheriklikning poydevori, deb qarashini ta’kidlab, Pokistonning Lahor, Karachi, Kvetta, Sialkot kabi yirik shaharlarida O‘zbekiston madaniyati kunlarini o‘tkazishni taklif etdi.

O‘zaro turistlar oqimini oshirish maqsadida ikki tomon yetakchi turoperatorlari o‘rtasida hamkorlikning yagona raqamli platformasini yaratish taklifi ko‘rib chiqildi.

Ko‘proq yangiliklar: