O‘zi harakatlana olmaydigan fuqarolarga qatnov asosida qarab turish yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekiston 11:12 / 13.12.2024 918

Prezident raisligida ijtimoiy himoya sohasidagi ishlar natijadorligi va 2025 yil uchun ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish boshlandi.

Kambag‘al oilalardagi o‘zi harakatlana olmaydigan 23 ming odamga ota-onasi, turmush o‘rtog‘i, farzandlari, aka-ukasi yoki opa-singlisi qarab o‘tiribdi.

Kelgusi yildan mahalladagi ijtimoiy xodimlar va xususiy sektor ishtirokida bu odamlarning 19 mingiga uyida va 4 mingiga kunduzgi qatnov asosida qarab turish yo‘lga qo‘yiladi. 

Natijada yaqiniga qarab turgan 15 ming aholining ishlashiga sharoit yaratiladi. 

Xususiy sektor bunday xizmatni ko‘rsatgan kambag‘al oilalar xarajatining 80 foizini davlat qoplab beradi.

Bu tajriba Toshkent shahrida 1 martgacha, boshqa hududlarda yil yakunigacha yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.

Ko‘proq yangiliklar: