Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Hindiston hududlari o‘rtasida amalga oshirilayotgan yaqin hamkorlik tajribasiga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Manoj Pant O‘zbekistondagi yangilanish jarayonini katta qiziqish bilan kuzatayotganini ta’kidlab, hududlararo munosabatlarni rivojlantirish istiqbollarini qo‘llab-quvvatladi. Xususan, mazkur shtatda charm-poyabzal, to‘qimachilik, ayurvedik tibbiyot kabi tarmoqlar rivoj topganiga e’tibor qaratib, ushbu yo‘nalishlarda sheriklik aloqalarini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar mavjudligini ta’kidladi.
Uchrashuv doirasida to‘qimachilik, teri-ko‘nchilik, farmatsevtika, zargarlik, axborot texnologiyalari, oliy ta’lim, turizm kabi sohalardagi hamkorlikni faollashtirish istiqbollari ko‘rib chiqildi, boshqa dolzarb masalalarga e’tibor qaratildi.