Prezidentning bir qator hujjatlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda:
- moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlik sub’yektlarini belgilash mezonlarini takomillashtirish;
- yangidan tashkil qilingan tadbirkorlik sub’yektlarining rivojlanishini baholash ko‘rsatkichlarini maqbullashtirish;
- VVV toifadagi tadbirkorlik sub’yektlariga tovarlarni import qilishda va tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda to‘lanadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i summalarini o‘zaro hisobga olish tartibini tatbiq etish;
- ayrim mahalliy mahsulotlarni realizatsiya qilish faoliyatini vakolatli organni xabardor qilish tartibida amalga oshirish.
Korxonani moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan deb topish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
- davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanadan boshlab 3 oy mobaynida bank hisobvaraqlarini ochmaganligi;
- bank hisobvaraqlarini ochgan, biroq 6 oy mobaynida:
- moliya-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha bank hisobvaraqlariga mablag‘lar tushirmaganligi;
- elektron hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirmaganligi;
- onlayn nazorat-kassa mashinalari, virtual kassa yoki “marketpleys” to‘lov tizimidan foydalanmaganligi;
- tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirmaganligi.
Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalar tugatilganda:
- korxonalar soliq organining taqdimnomasiga asosan 1 yil muddatga harakatsiz rejimga o‘tkaziladi;
- ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ bir yil davomida faoliyat tiklanmaganda ularni Tadbirkorlik sub’yektlarining yagona davlat reyestridan chiqaradi.
Bundan buyon VVV va undan yuqori toifadagi tadbirkorlik sub’yektlariga tovarlarni import qilishda va tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda to‘lanadigan QQS summalarini o‘zaro hisobga olish tartibi tatbiq etiladi.