Har bir tumanda nogironligi borlar uchun qulay sharoitga ega bittadan namunaviy ko‘cha qilinadi

O‘zbekiston 10:57 / 13.12.2024 1448

Prezident raisligida ijtimoiy himoya sohasidagi ishlar natijadorligi va 2025 yil uchun ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish boshlandi.

Viloyat hokimlari bu yil bittadan namunaviy ko‘cha qilib, nogironligi borlar uchun qulay sharoit yaratishi kerak edi.

Andijon, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent viloyatida bu boradagi ishlar boshlangan, qolgan viloyatlar loyiha ham qilmagani, mablag‘ ham bermagani ko‘rsatib o‘tildi.

Mutasaddilarga bu ishlarni ikki oyda yakunlab, kelgusi yil har bir tumanda yana bittadan ko‘chada qilish vazifasi qo‘yildi.

Bosh prokuror o‘rinbosari I.Adhamovga bu borada o‘zgarish qilmaganlarga qat’iy chora ko‘rish topshirildi.

Ko‘proq yangiliklar: