Britaniya O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasiga beg‘araz texnik yordam ko‘rsatadi

O‘zbekiston 12:36 / 13.12.2024 732

Muloqot chog‘ida Curzon Consulting vakillari kompaniya faoliyati va O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasini rivojlantirishga qaratilgan loyihaning taqdimotini o‘tkazdilar.

Xorijiy tomon respublikada sog‘liqni saqlash sohasini rivojlantirish uchun beg‘araz texnik yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.

Curzon Consulting 2003 yilda tashkil etilgan. U Financial Times va Statista tomonidan Britaniyaning top-20 konsalting sohasidagi kompaniyalarining ro‘yxatiga kiradi. Kompaniya moliya, infratuzilma, muhandislik, sog‘liqni saqlash va jamoat sektori sohalarida strategiyalar va innovatsion loyihalarni taklif etadi.

Ko‘proq yangiliklar: