Muloqot avvalida bosh konsul Jahongir Parmanov O‘zbekistonda turizm sohasida olib borilayotgan islohotlar, yaratilgan infratuzilma, sayyohlik yo‘nalishlari haqida so‘zlab berdi. Rossiya vakillari uchun O‘zbekiston turizmi salohiyatiga bag‘ishlangan videoroliklar namoyish etildi.
Turkompaniyalar rahbarlari O‘zbekiston bugungi kunda rossiyalik turistlar uchun eng jozibali manzillaridan biri bo‘lib qolayotganini, yaratilgan va kun sayin yaxshilanib borayotgan infrastruktura xorijiy turistlarni jalb qilishda asosiy omil bo‘lib xizmat qilayotganini ta’kidladilar.
Muloqot chog‘ida, shuningdek, 2025 yil turistik mavsumida Rossiyadan O‘zbekistonga sayyohlar oqimini oshirishga qaratilgan bir qator takliflar ko‘rib chiqildi.