Hindistonlik Gukesh Dommaraju shaxmat tarixidagi eng yosh jahon chempioni bo‘ldi
Singapurda bo‘lib o‘tgan final musobaqasida 18 yoshli shaxmatchi xitoylik jahon chempioni Din Lijenni mag‘lub etdi.

Foto: FIDE
18 yoshli hindistonlik grossmeyster Gukesh Dommaraju xitoylik shaxmatchi Din Lijenni mag‘lubiyatga uchratib, Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) tarixidagi eng yosh jahon chempioniga aylandi.
Singapurda bo‘lib o‘tgan final musobaqasining so‘nggi – 14-partiyasida Gukesh g‘alaba qozonib, umumiy hisobni o‘z foydasiga og‘dira oldi – 7,5:6,5.
Gukesh 1985 yilda 22 yoshida jahon chempioni bo‘lgan sovet shaxmatchisi Garri Kasparovning rekordini yangiladi.
Dommaraju shaxmat bo‘yicha 18-jahon chempioni bo‘ldi. U bunday natijaga erishgan ikkinchi hindistonlik hisoblanadi. Undan oldin Vishvanatan Anand jahon chempioni bo‘lgan birinchi hindistonlik edi.
Mavzuga oid

16:24 / 12.02.2025
Shaxmatchi Gulruhbegim Tohirjonova AQShdan O‘zbekiston terma jamoasiga qaytdi

11:59 / 11.01.2025
2024 yilda eng ko‘p pul ishlab topgan shaxmatchilar ma’lum qilindi

21:35 / 25.11.2024
Singapurda jahon shaxmat toji uchun bahs boshlandi

09:10 / 09.11.2024