Teatr va sirk artistlariga malaka toifasi beriladi

O‘zbekiston 13:08 / 11.12.2024 640

Hujjat prezidentning 21.02.2024 yildagi «O‘zbekiston – 2030» strategiyasini «Yoshlar va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirish davlat dasturi to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq qabul qilindi.

 Nizom quyidagilarni belgilaydi:

  • teatr, sirk va konsert-tomosha muassasalarida malaka toifalari bilan lavozimlarni berish tartibi;                       
  • malaka toifalarini berish mezonlari, tartibi va muddatlari;                                  
  • toifani pasaytirish yoki bekor qilish asoslari;                                                            
  • malaka toifalarini berish bilan bog‘liq shikoyatlarni ko‘rib chiqish tartibi.

Malaka toifasi yilda bir marta belgilanadi va Badiiy kengash xulosasi asosida muassasa direktorining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.                                

Malaka berish quyidagi baholash mezonlariga asoslanadi:                   

  • ijodiy qobiliyatlar;                             
  • ish staji;                                                          
  • turli konsertlar va spektakllarda ishtirok etish sifati va soni;                          
  • jamoat ishlari hamda ma’naviy-ma’rifiy va ijodiy yig‘ilishlardagi faollik.
Ko‘proq yangiliklar: