GFR kanslerligiga bosh nomzod Ukrainaga «Taurus» raketalarini berishni va’da qilmoqda

Jahon 21:10 / 11.12.2024 3787

Mers, shuningdek, Yevropaning AQSh bilan birgalikda Ukrainadagi mojaroni hal qilish borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgan.

Hozir kansler Olaf Shols rahbarligidagi Germaniya Ukrainaga jami 15,7 mlrd yevro, jumladan, 11 mlrd yevrolik harbiy yordam ko‘rsatgan. Ammo Shols «Taurus» raketalarini berishdan voz kechgan, chunki u bunday harakat mojaroning yanada avj olishiga olib kelishi mumkinligidan qo‘rqadi. Mers esa bu pozitsiyani o‘zgartirishga tayyor.

Kiyevda Volodimir Zelenskiy bilan uchrashuvda Mers Rossiya hududidagi harbiy obektlarga zarba berish bo‘yicha qat’iyroq strategiyani amalga oshirishga va’da berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina armiyasiga faqat harbiy bazalarga zarba berish imkoniyatini yaratish lozim. Biroq zarbalar tinch aholi obektlari va infratuzilmalariga berilmasligi kerak.

Foto: thelocal.de

«Taurus» raketalarini Ukrainaga yetkazib berish to‘rt oylik o‘quvni talab qiladi. Bu jarayon AQSh prezidenti Donald Tramp lavozimga kirishgandan keyin yakunlanishi mumkin. Mersning ta’kidlashicha, AQSh va Yevropaning hamkorligi Ukraina armiyasining Rossiyaning ichkarisidagi harbiy obektlariga zarba berish imkoniyatini yaratishi mumkin.

Ayni paytda Sholsning hukumat koalitsiyasi barqarorligini yo‘qotgan, Bundestagda ishonchsizlik votumi ovozga qo‘yilishi kutilmoqda. So‘nggi so‘rov natijalariga ko‘ra, Mers boshchiligidagi XDI/XSI koalitsiyasi yetakchilik qilmoqda (31 foiz), ultrao‘ng «Germaniya uchun muqobil» partiyasi ikkinchi o‘rinda (18 foiz), Sholsning Sotsial-demokratik partiyasi esa uchinchi o‘rinda (17 foiz).

Ko‘proq yangiliklar: