Faoliyat yuritmayotgan korxonalar bir yil muddatga harakatsiz rejimga o‘tkaziladi

O‘zbekiston 18:37 / 11.12.2024 2602

«O‘zbekiston Respublikasi prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, ayrim hujjatlarga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:

- moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlarni belgilash mezonlarini takomillashtirish;

- yangidan tashkil qilingan tadbirkorlarning rivojlanishini baholash ko‘rsatkichlarini maqbullashtirish;

- «BBB» toifadagi tadbirkorlarga tovarlarni import qilishda va tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda to‘lanadigan QQS summalarini o‘zaro hisobga olish tartibini tatbiq etish;

- mahalliy pivo mahsulotlarini realizatsiya qilish faoliyatini vakolatli organni xabardor qilish tartibida amalga oshirish.

Bunda prezident farmoniga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalarni tugatishda:

- moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalar davlat soliq xizmati organining taqdimnomasiga asosan ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan bir yil muddatga harakatsiz rejimga o‘tkaziladi;

- harakatsiz rejimga o‘tkazilgan korxonalar faoliyati bir yil davomida tiklanmagan taqdirda, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ ularni Tadbirkorlarning yagona davlat reyestridan chiqaradi.

Ko‘proq yangiliklar: