O‘zbekistonning Sloveniyada diplomatik mavjudligi mustahkamlanadi

O‘zbekiston 15:12 / 10.12.2024 581

Sloveniya delegatsiyasiga Tashqi va Yevropa ishlari vazirligi Davlat kotibi Marko Shtutsin boshchilik qildi

O‘zbekiston bilan Sloveniya o‘rtasidagi har tomonlama, jumladan, xalqaro tashkilotlar doirasidagi munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Ikki tomonlama siyosiy muloqotni, jumladan, yuqori darajada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekistonning Sloveniyada va Sloveniyaning O‘zbekistonda diplomatik mavjudligini mustahkamlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamda madaniy-gumanitar sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada faollashtirish va kengaytirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.

Siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasini 2025 yilda Lyublyana shahrida o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Shu yilning 21 iyun kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Sloveniyaning mamlakatga yangi tayinlangan elchisi Darya Bavdaj Kuretning (qarorgohi Moskva shahrida) ishonch yorliqlarini qabul qilib olgan edi. Joriy yil oktyabr oyi oxirida esa O‘zbekistonning birinchi elchisi Oybek Shaxavdinov (qarorgohi Budapesht shahrida) Sloveniya Tashqi va Yevropa ishlari vazirligiga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.

Ko‘proq yangiliklar: