Navoiy shahrida Navoiy - Sichuan sanoat parki tashkil etiladi

O‘zbekiston 13:04 / 10.12.2024 1292

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Sichuan provinsiyasi Xitoy Kommunistik partiya qo‘mitasi kotibi bilan uchrashdi.

"Sichuan provinsiyasi Kommunistik partiya qo‘mitasi kotibi Van Syaoxuey janoblari bilan uchrashishdan xursandmiz, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – O‘zbekiston va Xitoy hududlari o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri sheriklik aloqalari rivojlanayotgani ikki Davlat Rahbarlari tomonidan belgilangan yuqori marralarga erishishda yuksak samara ko‘rsatmoqda". 

Tomonlar Navoiy shahrida Navoiy - Sichuan sanoat parkini tashkil etishga kelishib oldi.

Ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi yanada qizg‘in va muntazam aloqalarni qo‘llab-quvvatlash, kompaniyalarning bozorlarda faoliyat yuritishi uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratish, doimiy almashinuvni ta’minlash, yangi istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish kabi mavzular kun tartibidan joy oldi.

Ko‘proq yangiliklar: