Korzinka Lixiang L6, Toshkentdan kvartira va 34 ta iPhone 16 yutuqli uch aksiyani boshladi

O‘zbekiston 16:01 / 10.12.2024 6416

Korzinka supermarketlar tarmog‘i Yangi yilga bag‘ishlangan uch aksiya boshlangani haqida e’lon qildi. Bayram xaridlari doirasida supermarket mehmonlari qimmatbaho sovrinlar, jumladan, premium yo‘ltanlamas avtomobil – Lixiang L6, Toshkentdagi “Yangi Baxt” turarjoy majmuasidan kvartira, shuningdek, 34 dona yangi iPhone 16 smartfonlarini qo‘lga kiritishlari mumkin.

Barcha uch aksiya bir vaqtning o‘zida bo‘lib o‘tadi va siz ularning har birida ishtirok etishingiz mumkin. Korzinka ilovasidagi mini o‘yin esa jarayonni yanada qiziqarliroq qiladi: unda har kun 34 iPhone 16 smartfonlaridan, Korzinkadagi xaridlar uchun sertifikatlardan birini va yana kvartira hamda yo‘ltanlamas avtomobil o‘yinida ishtirok uchun qo‘shicha imkoniyatlarni yutsa bo‘ladi.

Aksiyaning barcha shartlarini bajargan xaridorlar bosh sovrinlarni qo‘lga kiritish uchun nomzodlarga aylanadilar. Asosiy shartlardan biri — bu xarid amalga oshirgunga qadar Korzinka ilovasini yangilash yoki yuklab olish va “Maxsus takliflar” bo‘limidagi ekranda o‘zingiz istagan aksiyada “Ishtirok etish” tugmasini bosish zarur.

Yas Auto’dan Lixiang L6 gibrid yo‘ltanlamas avtomobili o‘yini

Yangi yilda aksiya ishtirokchilarini premium avtomobil yutuqli o‘yini kutmoqda. Ushbu super sovrinni yutib olish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun Korzinka ilovasini yangilash yoki yuklab olish, “Maxsus takliflar” bo‘limidagi “Ishtirok etish” tugmasini bosish va Korzinka Plus kartasini skanerlab, tarmoq supermarketlarida 200 000 so‘mdan yuqori bo‘lgan istalgan xaridni amalga oshirish lozim. Yutuqli o‘yinda ishtirok etish imkoniyatlari chek summasiga mutanosib ravishda oshib boradi.

“Ob’yedinennyye konditery”dan “Yangi Baxt” turarjoy majmuasida kvartira o‘yini

Poytaxtdagi kvartira egasi yangi yilda aniqlanadi. “Rot Front”, “Babayevskiy”, “Krasnyy oktabr” va Neo-botanica brendlarining 100 000 so‘m va undan yuqori qiymatdagi shirinliklarini xarid qilgan hamda xariddan oldin Korzinka ilovasini yuklab olgan yoki yangilagan va "Maxsus takliflar" bo‘limidagi "Ishtirok etish" tugmasini bosgan barcha Korzinka Plus kartasi egalari yutuqli o‘yin ishtirokchilari bo‘lishadi. Shirinliklar xaridi summasi qanchalik ko‘p bo‘lsa, yutuqli o‘yinda qatnashish imkoniyati shunchalik ortadi.

Pepsi'dan iPhone 16 o‘yini

Smartfonlar o‘yini har kuni o‘tkaziladi va g‘alaba faqat o‘zingizga bog‘liq! Ilovaning mini o‘yin kartachalari ortida 34 ta iPhone 16 smartfoni yashiringan. Xarid qilganingizdan so‘ng, ularni ochib ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

Ishtirok etish uchun Korzinka ilovasini yangilab olish yoki yuklab olish, xarid qilishdan avval “Maxsus takliflar” bo‘limidagi “Ishtirok etish” tugmasini bosish hamda istalgan hajmdagi Pepsi, Mirinda, 7 Up ichimliklaridan 40 000 so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda sotib olish va Korzinka Plus kartasini skanerlash kerak. Yutuqli o‘yinda qatnashish imkoniyati chekda ichimliklarga sarflangan har 40 000 so‘m uchun hisoblanadi.

Eng quvonarlisi, barcha uch aksiyada ulardan har birining alohida shartlarini bajargan holda yakka-yakka yoki birdaniga: 100 000 so‘mga “Ob’yedinennyye konditery” tovarlari va 40 000 so‘mga Pepsi mahsulotlarini o‘z ichiga olgan 200 000 so‘mli xaridni amalga oshirib ishtirok etsa bo‘ladi.

Imkonlar tarmoq supermarketlaridagi xaridlar uchun, shuningdek, Korzinka onlayn supermarketidagi xaridlarga ham birdek hisoblanadi, bunda ilovaga Korzinka Plus kartasi ulanganligiga amin bo‘lishingiz kerak.

Aksiyalar 31 dekabr oxiriga qadar davom etadi va yutuqli bayramona xaridlar tomon Korzinkaga borish uchun sizda yetarlicha vaqt bor!

Boshqa aksiya va yangiliklarni Korzinka supermarketlar tarmog‘ining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida kuzatib borish mumkin.

Facebook: fb.com/korzinkauz

Instagram: @korzinkauz

O‘zbek tilida Telegram: t.me/korzinkauzb

Rus tilida Telegram: t.me/korzinkauz

Reklama

Ko‘proq yangiliklar: