Birja savdolariga chiqarilayotgan kunlik avtobenzin hajmi ikki barobar oshiriladi

Iqtisodiyot 09:36 / 10.12.2024 4618

Energetika vazirligi xabariga ko‘ra, buning uchun barcha hududlarda zarur miqdorda zaxiralar yaratilgan. 

Talab va taklifga qarab birja savdolariga joylashtirilayotgan avtobenzin hajmini yanada oshirish imkoniyati mavjudligi ma’lum qilinadi.

Iste’molchilarning avtobenzinga bo‘lgan talabini to‘liq qondirish masalasi davlat nazoratiga olingani aytilgan.

Ta’kidlanishicha, joriy kuz-qish mavsumida mamlakat aholisini avtobenzin bilan zarur miqdorda hamda uzluksiz ta’minlash yuzasidan barcha zaruriy choralar ko‘rilgan.

Vazirlik xususiy avtozapravkalar egalaridan narxlarni sun’iy ravishda oshirmaslikni, avtobenzinni sifat va miqdor jihatidan to‘g‘ri sotishni so‘ragan.

Hozirgi vaqtda ishchi guruhlar tomonidan joylarda nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda. Narxlarning asossiz ravishda oshirib yuborilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, deyiladi ma’lumotda.

Bundan oldin O‘zbekistonda metan zapravkalar faoliyatiga cheklovlar kiritilishi xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: