Vengriya va Polsha Yevrokomissiya rahbariga qarshi sud jarayonlariga qo‘shildi
Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen to‘liq sinovdan o‘tmagan koronavirusga qarshi vaksinalar xaridi bo‘yicha korrupsiyaga yo‘l qo‘yganlikda ayblanmoqda.

Foto: AP Photo
Koronavirusga qarshi tekshirilmagan vaksinalar xaridida korrupsiyaga yo‘l qo‘yganlik ayblovi bo‘yicha Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyenga qarshi da’voning ishtirokchilari soni ortdi. Bu haqda da’voni ilgari surgan belgiyalik lobbist Frederik Baldan ma’lum qildi.
«Fon der Lyayyenga qarshi chiqish qilayotgan ayblov tomonining da’vosi ishtirokchilari soni ming kishiga yetdi. Bular qatoridan Vengriya va Polsha hukumatlari, jamoat tashkilotlari, jumladan, shifokorlar va bort kuzatuvchilarning professional birlashmasi hamda Pfizer vaksinasining salbiy oqibatlaridan halok bo‘lgan insonlarning yaqinlari o‘rin olgan», — deydi Baldan.
Uning ta’kidlashicha, tekshirilmagan vaksina xavfini jamiyatdan qasddan yashirilganlik bo‘yicha ma’lumotlar mavjud.
«Shunga qaramay, hukumat qat’iy choralarni joriy etdi va vaksinatsiyani majburiy qildi. Yevrokomissiya fuqarolar huquqini buzdi», — deya qayd etadi u.
Ursula fon der Lyayyen YeI davlatlari bilan kelishmasdan to‘liq sinovdan o‘tmagan koronavirusga qarshi vaksinalar xaridi bo‘yicha Pfizer bilan SMS-yozishma orqali kelishuv tuzganlikda ayblanmoqda. Natijada, Yevropa Ittifoqi budjetidan 35,8 milliard yevro sarflangan.
Eslatib o‘tamiz, iyul o‘rtalarida Ursula fon der Lyayyen ikkinchi muddatga Yevrokomissiya rahbari etib tasdiqlangan edi. Yashirin ovoz berish jarayonida fon der Lyayyenni yoqlab 401 nafar ovoz berilgan, 284 nafar deputat qarshi, 15 nafari esa betaraf qolgan. Saylanish uchun unga 361 ovoz yetarli edi.
Mavzuga oid

00:29 / 10.03.2025
Yevrokomissiya rahbari birinchi marta xavfsizlik masalalari bo‘yicha kollegiya yig‘ilishini chaqiradi

12:26 / 06.03.2025
Yevrokomissiya Rossiya yonilg‘isidan bosh tortish rejasini e’lon qilishni yana kechiktirdi

23:25 / 02.03.2025
YeK rahbari Yevropani qayta qurollantirish rejasini taqdim etishga va’da berdi

21:36 / 16.01.2025