Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevrokomissiya sun’iy intellekt va kiberxavfsizlikka 1,3 mlrd yevro ajratadi
Mablag‘lar, xususan, biznes va davlat sektori uchun generativ sun’iy intellekt modellarini ishlab chiqadigan «SI fabrikalari»ga yo‘naltiriladi.

Foto: Getty images
Yevrokomissiya Yevropa kelajagi va texnologik suvereniteti uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan muhim texnologiyalarni joriy etishga 1,3 milliard yevro ajratilishini e’lon qildi.
Mazkur investitsiyalar 2025–2027 yillarga mo‘ljallangan «Raqamli Yevropa» (DIGITAL) dasturi doirasida amalga oshiriladi. Dastur sun’iy intellektni (SI) keng joriy etish, kiberbarqarorlik va raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan.
Qayd etilishicha, mablag‘lar, xususan, biznes va davlat sektori uchun generativ sun’iy intellekt modellarini ishlab chiqadigan «SI fabrikalari» tashabbusini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha muhim choralarga yo‘naltiriladi.
Yevrokomissiya mablag‘lari, shuningdek, Yevropa raqamli innovatsiyalar markazlarini qo‘llab-quvvatlashga, shifoxonalar va suvosti kabellari kabi muhim infratuzilmalar kiberxavfsizligini kuchaytirishga hamda YeIdagi o‘quv muassasalarining raqamli ko‘nikmalar bo‘yicha salohiyatini oshirishga sarflanadi.
DIGITAL dasturida ishtirok etish uchun loyihalar tanlovi 2025 yil aprel oyida e’lon qilinishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid

23:41 / 09.07.2025
Yevrokomissiya migrantlar oqimi sabab Afrikaga yordam ko‘rsatishni to‘xtatishi mumkin

13:07 / 03.07.2025
Yevroparlament Yevrokomissiyaga ishonch masalasi bo‘yicha ovoz beradi

14:52 / 02.07.2025
YeK Vengriyani Ukrainaning yevrointegratsiyasini cho‘zmaslikka chaqirdi

18:59 / 19.06.2025