Silk Road Energy Planning and Engineering qo‘shma korxonasi O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi energetika sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston hukumati uchun jahon standartlariga mos strategik rejalarni ishlab chiqishga yordam beradi. Qo‘shma korxona qayta tiklanuvchi energiya manbalari (QTEM) va an’anaviy energiya manbalari quvvatlarini aniqlash, shuningdek, elektr tarmoqlarini raqamlashtirish jarayonlarida ham faol ishtirok etishni maqsad qilgan.
Bu tashabbus mahalliy mutaxassislarning malakasini xalqaro darajaga ko‘tarishga va investitsion loyihalarda mahalliy ishchi kuchlarining ishtirokini kengaytirishga xizmat qiladi. Bu o‘z navbatida, O‘zbekistonning iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlashga va investitsion loyihalarning qiymatini kamaytirishga yordam beradi.